O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada 10 dan ortiq davlatlardan 30 ga yaqin ekspertlar, xalqaro tashkilotlar va turdosh ta’lim muassasalari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekistonning vazirlik va tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda qiynoq jinoyatiga qarshi kurashda innovatsion usullar va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, milliy va xalqaro tajribalarni o‘rganish orqali qiynoqlarning oldini olish choralarini takomillashtirish, qiynoqlar bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etish, tergov qilishda uchrayotgan muammolar hamda ularning yechimlari, jazoni ijro etish muassasalarida inson qadr-qimmatini hurmat qilishni ta’minlash kabi asosiy yo‘nalishlar belgilab olindi.
M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA
- Qo'shildi: 23.12.2024
- Ko'rishlar: 537
- Chop etish