Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati jamoasi jurnal tahririyatining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va bosma nashrlarning elektron shakli xizmati bo‘limi boshlig‘i Nazirjon Normatovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.
Nazirjon Normatov 1983-yil 3-yanvarda Farg‘ona viloyatining Oxunboboyev (hozirgi Qo‘shtepa) tumanida tavallud topgan. 2004-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini matbaachilik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Shundan so‘ng, 16-yil mobaynida G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida turli lavozimlarda xizmat qilgan. 2020-yildan boshlab Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi muassisligidagi “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyatida mehnat faoliyatini olib borgan.
O‘z sohasining yetuk mutaxassisi, kamtarin va samimiy inson Nazirjon Normatov mehnat faoliyati davrida halolligi, mehnatsevarligi va mas’uliyatliligi bilan barcha hamkasblarining mehrini qozondi. Jamoamizda yuksak hurmat-ehtiromga sazovor bo‘ldi.
Qadrli hamkasbimiz, fidoyi va oqko‘ngil inson – Nazirjon Normatovning yorqin xotirasi unutilmaydi, qalblarimizda yashab qoladi.
Marhumni Alloh o‘z rahmatiga olib, oxiratini obod qilsin.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati jamoasi
- Qo'shildi: 03.01.2025
- Ko'rishlar: 458
- Chop etish