2024-yil sarhisobi: Akmal Saidov – “Jadid” gazetasining faol muallifi

Bu – gazetxonlarning e’tirofidir. O‘tgan 2024-yil davomida “Jadid” gazetasi bilan yaqindan hamkorlik qilgan mualliflar mushtariylarning onlayn ovozi orqali aniqlandi, deyiladi gazetaning 2025-yil 1-yanvar sonidagi xabarda.

Shu asosda yil davomida gazeta sahifalarida maqolalari muntazam chiqib turgan 12 nafar faol ziyolining ro‘yxati e’lon qilingan. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov unda uchinchi o‘rinda qayd etildi.

Ma’lumot uchun: “Jadid” gazetasining ilk soni bundan bir yil oldin – 2024-yil 1-yanvarda chop etilgan. Davlatimiz rahbarining ezgu tashabbusi bilan ta’sis etilgan ushbu davriy nashr Vatan va xalq manfaatlari yo‘lida jon fido qilgan millat oydinlari – jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etishda o‘ziga xos tafakkur maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Powered by GSpeech