«IQLIM O‘ZGARISHI VA EKOLOGIYA – BOLALAR NIGOHIDA»
Aziz o‘quvchilar!
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi O‘zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarining «Tong yulduzi» gazetasi hamkorligida «Iqlim o‘zgarishi va ekologiya – bolalar nigohida» an’anaviy ijodiy ishlar tanlovini o‘tkazadi.
Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:
– Eng yaxshi maqola va insho yuborilishi (Times New Roman, 12 shriftda 1–2 varaqdan oshmasligi kerak);
– Eng yaxshi videolavha (videoda ekologiyaga oid tasvirlar ifodalangan bo‘lishi, vaqti 1 daqiqadan oshmasligi kerak). Tanlov bo‘yicha ijodiy ishlar 2025-yilning 10-may kuniga qadar qabul qilinadi.
G‘oliblar 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni e’lon qilinadi. Tanlovda faol ishtirok etishga shoshiling! Ijodiy ishlaringizni quyidagi manzilga yo‘llang:
Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Indeks: 100011. e-mail: tongyulduzi1929@gmail.uz;
telegram raqami: (94) 645-90-70.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (0-371) 244-63-08.
«Iqlim o‘zgarishi va ekologiya – bolalar nigohida» ijodiy ishlar tanloviga» deb yozishni hamda siz bilan bog‘lanishimiz uchun telefon raqamingizni ko‘rsatishni unutmang!
- Qo'shildi: 25.02.2025
- Ko'rishlar: 933
- Chop etish