O‘zbekiston jahon parlamentarizmi markaziga aylanadi (+video)

Markaziy Osiyo tarixida ilk bor Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tadi.

Joriy yil 5-9 aprel kunlari “Tashkent City” hududidagi Kongress-xoll majmuasida o‘tkaziladigan mazkur anjumanda dunyoning 180 mamlakati, 15 kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ziyod xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 000 ga yaqin delegat ishtirok etishi kutilyapti.

Yig‘ilishning asosiy mavzusi “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati”. Kun tartibidan insoniyat va global taraqqiyot uchun muhim masalalar o‘rin olgan. Jumladan:

  • Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish;
  • Qonun ustuvorligini ta’minlash;
  • Inson huquqini himoya qilish;
  • Gender tenglikni ta’minlash;
  • Ilm-fan, texnologiyani rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar dunyo qonun ijodkorlarining diqqat markazida bo‘ladi.

Assambleya so‘ngida Parlamentlararo ittifoqning rezolyutsiyalari va Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.

O‘zA

Powered by GSpeech