Kun tarixi: Paxta qulligidan qutulish

2019-yil 25-mart kuni, ya’ni bundan 6-yil oldin – Prezident Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi va amalga oshirgan keskin choralari natijasi o‘laroq Amerika Qo‘shma Shtatlari Mehnat departamenti O‘zbekiston paxtasini majburiy mehnat vositasida yetishtirilgan mahsulotlar “qora ro‘yxati”dan chiqardi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, mustaqillikning dastlabki choragida paxta nomenklaturasiga munosabat biroz ijobiy tomonga o‘zgargan bo‘lsa-da, bu muammo to‘liq hal etilmay qolib ketgan edi.

Xususan, talaba va o‘quvchilarni sobiq SSSR davridagidek paxta terimiga safarbar etish davom etdi. 2007-yili O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimida bolalar mehnatidan foydalanilayotgani sabab AQSH va G‘arb davlatlari mamlakatimizni paxta tolasi va boshqa to‘qimachilik mahsulotlari xaridi borasida “qora ro‘yxat”ga kiritgan edi. O‘tmish tuzumdan meros qolgan bu illat shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakati bilan barham topdi, deyiladi O‘zA axborotida.

 

Ma’lumot uchun: O‘zA saytida bir necha yillardan buyon “Kun tarixi” ruknida turli axborotlar kunma-kun e’lon qilinmoqda. Rukn muallifi – Alisher Egamberdiyev.

Ushbu rukndagi axborotlarda Vatanimiz tarixidagi tegishli sana bilan bog‘liq ayrim voqealar izchillik bilan bayon etib boriladi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Powered by GSpeech