Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Taʼkidlanganidek, Parlamentlararo ittifoq dunyo mamlakatlarining qonun chiqaruvchi organlari uchun global muloqot maydoni hisoblanib, uning doirasida muhokama qilingan masalalar jahon hamjamiyati eʼtiboriga yetkaziladi.
Parlamentlar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish va tinchlik hamda hamkorlikni mustahkamlash ishida birgalikda faoliyat ko‘rsatish uchun ularni birlashtirish Parlamentlararo ittifoqning asosiy vazifalaridan biridir.
Bugun, 6-aprel kuni Assambleya doirasida Boshqaruv Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unga Parlamentlararo ittifoqning Prezidenti Tuliya Ekson raislik qildi.
Tadbirning kun tartibiga 150-yubiley assambleya Prezidenti lavozimiga Oliy Majlis Senati Raisi nomzodi ilgari surildi hamda Kengash aʼzolari bir ovozdan Tanzila Narbayevani Assambleya Prezidenti etib saylashdi.
O‘z navbatida Oliy Majlis Senati Raisi Boshqaruv kengashi aʼzolariga ishonch bildirib, tarixiy 150-Assambleya Prezidenti etib saylagani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati
- Qo'shildi: 07.04.2025
- Ko'rishlar: 250
- Chop etish