AL-KUVAYT, 8 aprel. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning ingliz tilida bosiladigan "Times Kuwait" gazetasida "Toshkent parlament diplomatiyasi markazi sifatida" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Maqolada qayd etilishicha, mazkur tadbir 100 dan ortiq milliy parlamentlardan 2000 dan ortiq parlament a'zolarini birlashtirdi, bu esa asosiy global masalalarni muhokama qilish uchun noyob imkoniyat yaratdi.
Toshkentning ushbu muhim tadbir uchun maydon sifatida tanlanishi Yangi O'zbekistonning xalqaro parlament diplomatiyasidagi ta'siri ortib borayotganini va uning demokratik islohotlarga sodiqligini ta'kidlaydi, shuningdek, mamlakatning mintaqadagi konstruktiv siyosiy muloqot markazi sifatidagi maqomini tasdiqlaydi.
"Parlamentlararo ittifoq milliy parlamentlarni birlashtiruvchi eng muhim xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. Uning faoliyati BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish tomonidan belgilangan tamoyilga asoslangan bo'lib, u Parlamentlar nafaqat qonunlar chiqarishi, balki ularning ijrosini xalq nomidan nazorat qilishi kerak", – deb ta'kidlagan.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda Parlament haqiqiy demokratiya maktabiga, islohotlarni amalga oshirishda tashabbuskor va hal qiluvchi kuchga aylanishi kerak.
"Bu fikrlar O'zbekistonning parlament nazoratini kuchaytirish, deputatlar korpusi vakolatlarini kengaytirish va qonun ijodkorligi jarayonining shaffofligini oshirish borasidagi sa'y-harakatlarini aks ettiradi. Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasining Toshkentda o'tkazilishi nafaqat mamlakat uchun tarixiy voqea , balki Markaziy Osiyoda parlament diplomatiyasini rivojlantirishda yangi bosqichdir", – qayd etilgan nashrda.
"Times Kuwait"da bosilgan maqola "Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasining Toshkentda o'tkazilishi O'zbekistonning xalqaro parlament diplomatiyasini rivojlantirishga qo'shayotgan hissasining muhim e'tirofi bo'ladi. Bu nafaqat mamlakatning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlaydi va jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi, balki parlament diplomatiyasini rivojlantirishning yangi yo'nalishlarini belgilaydi", – degan so'zlar bilan yakunlangan.
- Qo'shildi: 08.04.2025
- Ko'rishlar: 415
- Chop etish