Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida tashkil etilgan davra suhbatida Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari aʼzolari inson huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qildi. Asosiy eʼtibor BMT Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini amalga oshirishda parlamentlarning o‘rni va ahamiyatiga qaratildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktori Akmal Saidov tadbirni ochib berar ekan, inson huquqlarini taʼminlashda parlamentlararo hamkorlik va xalqaro muloqotning dolzarbligini alohida taʼkidladi.
So‘zga chiqqanlar, xususan BMT Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sofi Kiladze, Parlamentlararo ittifoq hamda BMT vakillari parlament salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani joriy qilish va nazorat mexanizmlarini mustahkamlash yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati
- Qo'shildi: 08.04.2025
- Ko'rishlar: 438
- Chop etish