Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sog‘liq xavfsizligi departamenti direktori Dr. Stella Chungong Xiva shahrida

Shu kunlarda yurtimiz nufuzli xalqaro tadbirlarga mezbonlik qilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida 140 ga yaqin davlatdan xalqaro tashkilot delegatlari ishtirok etdi.

Ana shunday nufuzli delegatsiya a’zosi, Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sog‘liq xavfsizligi departamenti direktori Dr. Stella Chungong Urganch xalqaro aeroportida kutib olindi.

Xorijiy mehmonlar viloyatimiz mas’ullari hamrohligida Xorazmning ko‘hna “Ichan Qal’a” majmuasi, xalqimizning an’analari va yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar bilan tanishish istagidalar.

Xorijiy mehmonlar Xorazmning yuragi – tarixiy “Ichan Qal’a” majmuasiga tashrif buyurib, xalqimizning asrlar osha avloddan-avlodga yetib kelgan boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Qadimiy minoralar, savdo rastalari, hunarmandchilik ustaxonalari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular bu bebaho merosimizga yuksak baho berib, Ichan Qal’aning o‘ziga xosligi va betakror arxitekturasidan chuqur taassurot oldilar.

Tashrif davomida xorijliklarga Xorazmning milliy taomlari, xalq amaliy san’ati namunalaridan iborat ko‘rgazmalar ham namoyish etildi. Bu uchrashuv milliy madaniyatimizni xalqaro maydonda yanada kengroq tanitishda muhim qadam bo‘ldi.

Powered by GSpeech