13-aprel kuni poytaxtimizdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida VII Toshkent xalqaro marafoni o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar marafon (42 km.), yarim marafon (21 km.) va 10 km. masofaga yugurish trassalarida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tutash yo‘l bo‘ylab yugurdi. Bog‘ hududida esa 3 km. masofaga yugurish tashkil etildi.
Toshkent xalqaro marafonining bu yilgi bahslarida 52 mamlakatdan kelgan yugurish sporti ustalari, shuningdek, mamlakatimiz davlat organlari va idoralari vakillari, turli jamoalar hamda ko‘ngilli yuguruvchilar – jami 11 ming 500 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Xalqaro marafonda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi jamoasi vakillari ham ishtirok etdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, musobaqaning 3 km masofaga o‘tgan yugurish bahslarida Eldor Botirov va Sadoqat Samig‘jonova g‘alaba qozondi. Hasan Mirsoatov hamda Alina Hakimova 10 kilometr masofadagi bellashuvlarda marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, Rinas Ahmadiyev va Aynushka Halil qizi yarim marafonda tengsiz bo‘ldi. Vitaliy Shafar va Yekaterina Tunguskova 42 km.dagi marafonda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 14.04.2025
- Ko'rishlar: 314
- Chop etish