Nogiron fuqaroni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

Bu Prezidentimizning joriy yil 8 mayda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Farmonga asosan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimi joriy etiladi. Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, ularning mehnat bozoriga kirishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish asosiy maqsad etib belgilangan.  

Qolaversa, 2025 yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.  

2025 yil 1 iyundan boshlab, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’ektlariga 50 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.  

Subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi. Jismoniy shaxslarga hamrohlik xizmatini o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ko‘rsatishga ruxsat beriladi.  

Shuningdek, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi.  

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Powered by GSpeech