O‘zbekiston-Ozarbayjon davlatlarining axborot sohasida hamkorligi doirasida matbuot kotiblari va ommaviy axborot vositalari vakillari muntazam ravishda o‘zaro tajriba almashish, press-turlar tashkil etish, seminar-treninglar orqali mamlakatlarda amalga oshirilayotgan yangiliklar, zamonaviy texnologiyalarni sohaga samarali integratsiya qilinishini ko‘rsatish berish yo‘lga qo‘yilgan.
AOKAda O‘zbekistonda axborot sohasidagi islohotlar, yangilanishlarni o‘rganish, tajriba almashish maqsadida tashrif buyurgan bir guruh ozarbayjonlik matbuot kotiblari va OAV mutasaddilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar bilan uchrashuvda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Sayidjonov o‘zbek-ozar munosabatlari, o‘zaro hamkorlik doirasida mamlakatimizda Ozarbayjon telekanallarining translyatsiyasi yo‘lga qo‘yilganligi, turli kommunikatsiya dasturlari, loyihalari ijrosi xususida so‘z yuritdi.
O‘z O‘rnida Ozarbayjon Respublikasi Mediani rivojlantirish agentligining aloqa bo‘limi rahbari Saida Shafiyeva Ozarbayjon-O‘zbekiston axborot hamkorligi yuzasidan tuzilgan "Yo‘l xaritasi" bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish davom etishini, joriy yilda Ozarbayjonda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan Media forumga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilayotganini, Ozarbayjon davlati O‘zbekiston bilan har tomonlama, shu jumladan, axborot sohasida hamkorlikdan manfaatdor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, ozarbayjonlik mehmonlar jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan "Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga qiziqish bildirishdi. Qonun loyihasining qabul qilinishida qanday o‘zgarishlar va natijalar kutilayotgani yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Rasmiy xabarlar
- Qo'shildi: 27.05.2025
- Ko'rishlar: 229
- Chop etish