O‘zbekistonda 1 mln nafardan ortiqroq nogironligi bo‘lgan shaxslar bor

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 2025-yil 1-avgust holatiga 1 055 770 nafarni tashkil etmoqda.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning:

  • 174 287 nafari – 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni;
  • 96 699 nafari – I guruh,
  • 711 842 nafari – II guruh,
  • 72 942 nafari – III guruh nogironligini tashkil qiladi.

Nogironligi bo‘lganlarning 477 515 nafari ayollar, 578 255 nafari erkaklar hisoblanadi.

Nogironligi bo‘lganlarning yoshi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich:

  • 30 yoshdan pensiya yoshigacha bo‘lganlarda (506 411 nafar);
  • pensiya yoshida bo‘lganlarda (281 839 nafar) oralig‘ida kuzatilgan.

Dastlabki 7 oy natijalariga kp’ra, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan 64 106 nafar shaxslarga birlamchi,  150 277 nafar shaxslarga qayta nogironlik belgilangan.

Bunda birlamchi nogironlik asosan qon aylanish a’zolari kasalliklari, suyak-mushak kasalliklari tizimi kasalliklari, tug‘ma nuqsonlar, endokrin kasalliklari, asab tizimi kasalliklari bo‘yicha belgilangan.

Xabar.uz

Powered by GSpeech