Bugun Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Ikrom Muslimov Inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha Xitoy jamiyati Doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Szyan Szyanguo boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Muloqot davomida xitoylik mehmonlar mamlakatimizda keyingi yillarda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan tanishtirildi.
Uchrashuv chog‘ida e’tirof etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash juda muhim masala bo‘lib, ular sirasida odil sudlov, inson huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish borasida hamkorlikning takomillashtirilishi alohida o‘rin egallashi qayd etildi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqot doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy kanali
- Qo'shildi: 19.08.2025
- Ko'rishlar: 104
- Chop etish