24-oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilganining 80-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Inson huquqlari uyida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Ekologiya va huquq” fakulteti yurisprudensiya yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va inson huquqlari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Jonli muloqot davomida mutaxassislar tomonidan yoshlarga Milliy markazning vazifalari, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan milliy dastur va strategiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklarining ustuvorligi, ularning davlat tomonidan kafolatlanishi hamda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy institutlarning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 28.10.2025
- Ko'rishlar: 196
- Chop etish
Ўзбекча
English
Русский