ERKIN FIKRLOVCHI JURNALISTLAR YANGI O‘ZBEKISTON BUNYODKORLARI

Odatda yangi chop etilgan kitobni tandirdan uzilgan nonga mukoyasa qilishadi. Tandirdan uzilgan nondan bug‘doyning xushbo‘y hidi dimog‘ga urilsa, yangi kitobdan muallif taqdim etgan yangicha fikrlar va g‘oyalar shuurimizga yetib boradi. Tarix fanlari doktori, professor Karim Normatovning “Yangi O‘zbekiston bunyodkori” nomli kitobi ham shunday bahoga munosib. Ushbu esse-monografiyada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi va izchil, tizimli sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar jarayonida milliy jurnalistikamiz oldida turgan dolzarb vazifalar xakida fikr yuritilgan.

Siyosiy esse janriga mansub kitobning “Muqaddima”sida mamlakatimizda suz erkinligini ta’minlash borasida katta natijalarga erishilayotgani, jurnalistika sohasi ham demokratik islohotlardan kuch olayotgani ta’kidlangan. Davlatimiz rahbarining: “Biz barpo etayotgan huquqiy demokratik davlatda suz va matbuot erkinligi doimo Bosh qomusimiz va qonunlarimiz hamda Prezident himoyasida bo‘ladi”, degan so‘zlari milliy jurnalistikamizning jadal rivojlanishi uchun ishonchli kafolat bo‘lgani qayd etilgan.

Muallif so‘nggi o‘n yilda Yangi O‘zbekiston milliy jurnalistikasi rivojini tahlil qilar ekan, bu davrni shartli ravishda ikki bosqichga ajratgan: jurnalistika sohasidagi tashkiliy, huquqiy, konseptual islohotlar davri (2016 — 2020-yillar) va milliy mediamakonning faol rivojlanishi davri (2021 — 2025-yillar).

Shuningdek, kitob bir-birini mazmunan to‘ldiruvchi ikki bobdan iborat. “Hak suz qudrati har qanday atomdan kuchli, ta’sirli” nomli birinchi bobda Yangi O‘zbekistonda jurnalistlar oldiga qo‘yilgan vazifalar, davlat va jamiyatning soha rivojiga ta’siri masalalari yoritilgan. Muallifning ta’kidlashicha, haq so‘zni ochiq aytish va ishonchli yozish — jurnalistning bosh kapitali va vazifasi hamda jasorati, fuqarolik jamiyatini barpo etishda esa inson qadr-qimmatini ulug‘lashning asos negizidir.

Hozirgi davrga kelib, internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish barobarida mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari, milliy blogerlarimiz ham O‘zbekiston obro‘sini, uning imijini yanada mustahkamlash ishiga o‘z ulushini qo‘shib kelmoqda. Darhaqiqat, gazeta va jurnallarimiz, teleradio kanallarida oshkoralik, tahlil va xolis tanqid kuchaygani, bevosita xorijiy mamlakatlardan tayyorlanayotgan materiallar soni ortib borayotgani amalda namoyon bo‘lmoqda.

Keyingi yillarda sohada izchil amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, ochiq,lik siyosati ommaviy axborot vositalari xodimlarini ruhlantirmoqda, ularning faollashishiga turtki bermoqda. Ayni paytda jurnalist va blogerlar joylarda vujudga kelgan muammolarni dadil ko‘tarib chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilishi keng ommalashmoqda. Eng muhimi, tanqidiy-tahliliy chik,ishlar, bildirilayotgan takliflar, fikr-mulohazalardan so‘ng ko‘plab masalalarga yechim topilib, muammolar ijobiy hal etilmoqda, qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar, qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Tezkorlik bilan jadal rivojlanayotgan davrda har tomonlama professional jurnalist kadrlarga ehtiyoj katta. Jurnalistika fani o‘qitilayotgan oliy o‘quv yurtlarida ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlari yuksalayotgani, nazariya va amaliyotning uyg‘un tashkil etilayotgani, ilmiy tadqiqotchilar safida yoshlarning ortib borayotgani ayni muddaodir.

Kitobning ikkinchi bobi “Jurnalist — Vatan himoyachisi, umrini bunyodkorlik ishi­ga bag‘ishlaydi” deb nomlangan. Unda milliy jurnalistikamizning bugungi kundagi eng taniqli vakillari, davlat va jamoat arboblarining Yangi O‘zbekiston jurnalistikasi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari, dolzarb maqolalari taqdim etilgan. Sohaga endi qadam kuygan jurnalistlar professor Karim Normatov umumlashtirgan iqtiboslarni o‘ziga xos xrestomatiya sifatida qabul qilishi mumkin.

Shuningdek, siyosiy esseda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalariga berilgan huquq va erkinliklar batafsil tahlil etilgan.

Muallif fikricha, gazetada bosilgan so‘z kechagi kun hodisasiga aylanadi, lekin undagi g‘oyalar har bir shaxsning fikriga ta’sir ko‘rsatadi. Fikrlar xilma-xilligi natijasida haqiqat yuzaga chiqadi. Jurnalistning har bir so‘zi, eng avvalo, Vatan va xalq manfaatiga xizmat qilishi zarur.

Erkin fikrlovchi jurnalist tanqid qiluvchi, yangilik izlovchi, alal-oqibat, yaratuvchiga, bunyodkorga aylanadi. “Yangi O‘zbekiston bunyodkori” kitobini varaqlar ekansiz, bevosita amaliyotchi jurnalistlarning ijodiy mahoratlariga murojaat qilinganiga guvoh bo‘lasiz. Bu, ayniqsa, hayotimiz ko‘zgusi hisoblanmish milliy kontent xakidagi mulohazalarda aniq namoyon bo‘lgan.

Milliy kontent — dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga millat manfaatini asosli himoya qilish orqali munosabat bildirish, ochiq va haqqoniy fikrlarni bayon etish degani. Milliy kontent yaratish faqat ayrim tashkilotlarning vazifasi de­gan fikrdan yiroq bo‘lish kerak. Har bir davlat organi va muassasasi o‘z vakolati doirasida bu jarayonga hissa ko‘shishi, global mediamakonda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashi va o‘zbek millatining uziga xosligini targ‘ib qilishi kerak.

Professor Karim Normatovning essemonografiyasida bugungi davr, Yangi O‘zbekiston milliy jurnalistikasining qiyofasi, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalar, shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan jurnalistika sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan demokratik islohotlar to‘g‘risida tahliliy fikr yuritilgan bo‘lib, muallif o‘z kitobiga kuyidagi mulohaza bilan yakun yasagan: “Davlat boshlig‘i qo‘llab-quvvatlashlari o‘laroq el-yurtning barcha tashkilotlari, muassasalari xam uyg‘onadilar, el sevgan Prezidentiga kamarbasta buladilar, deb ishonamiz”.

 

Akmal SAIDOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

akademik.

«Xalq so‘zi» gazetasining 2025-yil 5-dekabr kungi 256 (9151)-soni

Powered by GSpeech