Milliy markaz huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi
10-dekabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 4-yig‘ilishi bo‘ldi. Yig‘ilishda O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishga qaratilgan ikkita muhim Milliy harakatlar rejasining amalga oshirilishi ustidan olib borilgan monitoring natijalari muhokama qilindi.
Tadbirda Milliy markaz xodimlari, Jamoatchilik kengashi a’zolari, vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Muhokamalar asosan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasining bajarilishiga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishda, shuningdek, BMT Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha qo‘mitasining Milliy markaz yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasi ijrosi ko‘rib chiqildi.
Ushbu muhokamalar O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarga sodiqligini va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikda ishlashga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.
Yig‘ilish yakunida Jamoatchilik kengashi faoliyatiga qo‘shgan salmoqli hissasi, inson huquqlarini himoya qilish va aholining huquqiy ongini yuksaltirish yo‘lidagi astoydil sa’y-harakatlari uchun fuqarolik jamiyatining eng faol vakillariga tashakkurnomalar topshirildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Ўзбекча
English
Русский