Maqsadli indikatorlar ijrosi ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining “2025-yil davomida budjet xarajatlarining maqsadli indikatorlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida”gi axborotlari eshitildi.
Yig‘ilishda ushbu vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli indikatorlarga erishish borasidagi ijobiy natijalar e’tirof etildi. Shuningdek, ijrosi to‘liq yoki qisman bajarilgan maqsadli indikatorlarning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar mutaxassislar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, maqsadli indikatorlar ijrosi bo‘yicha o‘tgan yilda budjet tashkilotlarida ishlovchi 1,3 million xotin-qizlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari uchun zarur mablag‘ ajratilgan.
Budjet tashkilotlarida ishlovchi 162 mingga yaqin ayollarga homiladorlik nafaqasi uchun rejaga ko‘ra, mablag‘lar yo‘naltirilgan. Xususiy sektorda ishlovchi ayollar ham qo‘llab-quvvatlanib, ularning 12,3 mingtasiga budjetdan tegishli mablag‘ ajratilgan. Qolaversa, ishsiz va ish qidirayotgan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, ularning malakasini oshirish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 259,6 ming xotin qizlar uchun zarur mablag‘lar yo‘naltirilgan.
Muhokamalar davomida vazirlikning maqsadli indikatorlar bajarilishi bo‘yicha erishilgan ijobiy natijalar taqdim etilgan bo‘lsada, ayrim vazifalar ijrosi haqida ma’lumot yo‘qligi deputatlarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
Eshituv davomida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Xususan, inson huquqlariga rioya etilishini, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari tiklanishini ta’minlash bo‘yicha murojaatlarning 1228 ta, ya’ni maqsadli indikator ko‘rsatkichidan 172 taga kam bo‘lishi mamlakatimizda ushbu sohadagi ijobiy o‘zgarishlarning natijasi sifatida qayd etildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborotida keltirilganidek, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish maqsadida budjet xarajatlari va rivojlantirish dasturlari maqsadli indikatorlarining ijrosi borasidagi faoliyat yuzasidan qo‘mita rasmiy veb-saytida hisobotlar joylashtirib kelingan.
Yig‘ilishda deputatlar tomonidan maqsadli indikatorlarning ijrosi to‘liq bajarilmagan holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablar va kelgusida ularning oldini olish bo‘yicha har bir vazirlik, idoralar tomonidan chuqur tahlillar o‘tkazilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasiga har bir vazirlik va idoralarning maqsadli indikatorlari ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni tizimli nazoratga olib borish hamda bu boradagi ishlarning sifatini oshirish tavsiya etildi.
Yakunda kun tartibidagi masala yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Ўзбекча
English
Русский