Xodimlariga nisbatan e’tirozlar ko‘p bo‘lgan idoralar rahbarlari haftaning bir kunini xodimlarini o‘qitish, muomala madaniyatini o‘rgatishga bag‘ishlaydi

Viloyat ichki ishlar boshlig‘ining kadr va jamoat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosarlari haftaning bir kunini yosh tergovchilar, profilaktika inspektori, yo‘l va post-patrul xodimlarini o‘qitish, muomala madaniyatini o‘rgatishga bag‘ishlaydi.

Xodimlariga nisbatan e’tirozlar ko‘p bo‘lgan Majburiy ijro byurosi, soliq, elektr, suv va gaz, tibbiyot va ta’lim idoralarining rahbarlari ham o‘z ishini xuddi shu yo‘sinda tashkil qilishi zarurligi qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan 13 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida shu haqda s o‘z bordi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Powered by GSpeech