Milliy markaz jamoasi umumxalq xayriya hasharida qatnashdi

Hashar – elga yarashar. Bu ezgu xalqchil tashabbus nafaqat yurtimizni obodonlashtirish va atrof-muhitni sog‘lomlashtirish, balki har bir yurtdoshimizning qalbida tabiatga mehr, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini uyg‘otish vazifasini ham bajarib kelmoqda.

13-mart kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi jamoasi umumxalq xayriya hasharida qatnashdi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Prezidentining «2026 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori doirasida, bayram arafasida butun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari doirasida tashkil etildi.

Hashar asnosida Milliy markaz joylashgan hududdagi ko‘cha va maydonlar tozalanib, atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, daraxt va butalarni parvarish qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Men ham ko‘chat ekaman» aksiyasi o‘tkazildi. Milliy markaz binosining hovlisida mo‘jaz gulzorlar barpo etildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Powered by GSpeech