Inson huquqlariga aloqador qarorlarni qabul qilishda sun’iy intellekt xulosalariga tayanilmaydi

Sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalari Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu hujjat bilan sun’iy intellekt texnologiya va tizimlaridan foydalanishda quyidagi etika tamoyillari belgilanmoqda:

  • qonuniylik;

  • shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda atrof-muhitni himoya qilishning ustuvorligi;

  • tushunarlilik;

  • mas’uliyat, javobgarlik va nazorat;

  • adolatlilik va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • ochiqlik va shaffoflik;

  • ma’lumotlar himoyasi;

  • ishonchlilik va xavfsizlik.

Quyidagi qarorlarni qabul qilishda faqat sun’iy intellektdan foydalanib yaratilgan sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanmaslik talabi belgilanmoqda:

  • inson huquq va erkinliklariga aloqador yuridik ahamiyatga ega qarorlar;

  • sog‘liqni saqlash (kasalliklarni tashxislash, davolash usullarini belgilash va boshqalar) va boshqa sohalardagi qarorlar.

  • Sun’iy intellekt texnologiya va tizimlarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchi foydalanuvchilarga:

  • ulardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligi yoki taqiqlanishi, 

  • sun’iy intellektga asoslangan yechimlar yoki qarorlar doim to‘g‘ri bo‘lmasligi; 

  • ularning natijalaridan tavsiyaviy yoki ma’lumot uchun foydalanish mumkinligi haqida ma’lumot berishi lozim.

Shu bilan birga, qoidalarda sun’iy intellekt ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Powered by GSpeech