Inson huquqlari moduli doirasida sayyor dars
26-mart kuni Inson huquqlari uyida Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-bosqich talabalari uchun mashg‘ulot o‘tkazildi. Sayyor dars Inson huquqlari moduli doirasida tashkil etildi.
Tadbirni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining Ta’lim va ma’rifat bo‘limi rahbari F.Hayitboyev ochdi. Talabalarga Milliy markaz faoliyati to‘g‘risida muxtasar ma’lumot berildi.
Milliy markaz mas’ul xodimlari N.Arslonov va A.Turdibekov o‘zlari ishlaydigan bo‘limlar faoliyati to‘g‘risida atroflicha to‘xtaldilar. Milliy markazda tashkil etilayotgan tadbirlar haqida ham so‘z yuritildi.
Mashg‘ulot davomida Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi professori G.Yo‘ldasheva so‘zga chiqdi. Ma’ruzachi yoshlarga, jumladan, Milliy markazning boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorligi va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi ishlari yuzasidan zarur ma’lumotlar taqdim etdi.
Talabalar uchun tashkil qilingan mashg‘ulot qiziqarli va munozaralarga boy bo‘ldi.
Tadbir yakunida talabalar Inson huquqlari uyi faoliyati bilan tanishdilar. Bu yerda mavjud ilmiy va amaliy adabiyotlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Ўзбекча
English
Русский