ILMIY NASHRNING YANGI SONI TAQDIM ETILDI

OAV BIZ HAQIMIZDA

Bugungi kunda jamiyatda inson qadri va xalq manfaatlarini mustahkamlash hamda aholining huquqiy bilimini oshirish ustuvor mezonga aylangan. «Demokratlashtirish va inson huquqlari» jurnali inson huquqlarini himoya qilish va qonuniy kafolatlash borasidagi milliy amaliyot hamda xorij tajribalarini yoritishni maqsad qilgan.

Yaqinda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy mar­kazida jurnalning yangi soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Senat a’zolari, «Ijtimoiy fikr» res publika jamoatchi­lik fikrini o‘rganish markazi vakillari, tadqiqotchilar, In­son huquqlari bo‘yicha O‘zbekis­ton Respublikasi Milliy mar­kazi, Fanlar akademiyasining Davlat va huquq ins tituti, Toshkent davlat yuridik uni­versiteti xodimlari ishtirok etishdi.

– Bugungi kunda jurnal na­faqat mamlakatimiz, balki xo­rijdagi ilmiy tadqiqotchi­lar orasida ham o‘z o‘quvchila­riga ega. Nashrning 2026-yilgi ilk sonida yurtimiz ziyolila­rining dolzarb mavzulardagi maqolalari bilan bir qatorda Boku davlat universiteti tadqiqotchisining maqola­sini ham nashr etganmiz. Umu­man olganda, jurnalning ushbu soni 2026 yil – Mahallani ri­vojlantirish va jamiyatni yuk­saltirish yiliga bag‘ishlandi, – dedi bosh muharrir o‘rin­bosari Azizbek Ramazonov. – Shunga ko‘ra, uning sahifalari­dan mamlakatimizda mahalla tizimini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar samara­dorligini oshirish, Bolalar ombudsmani faoliyatini tako­millashtirish, raqamli dunyoda huquqiy munosabatlarni tar­tibga solish, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksalti­rish kabi dolzarb mavzulardagi maqolalar o‘rin olgan.

Jurnalning yangi soni taq­dimoti nafaqat ilmiy­ amaliy ahamiyati, balki jamiyatda huquqiy ongni yuksaltirishga qaratilgan dolzarb masala­larni qamrab olgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbir davomida bildiril­gan fikr­mulohazalar va ilgari surilgan takliflar mamlakati­mizda inson huquqlarini ta’­minlash, adolat va qonuniy­lik tamoyillarini yanada mus­tahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

 

Diyora RAVSHANOVA

«ISHONCH»

«Ishonch» gazetasining 2026-yil 2-aprel kungi 39 (5259)-soni

Powered by GSpeech