Xorazm viloyati Xiva shahrida yana bir muhim o‘quv tadbiri bo‘lib o‘tmoqda

Xorazm viloyatining Xiva shahrida inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan o‘quv tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur trening Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi hamkorligida tashkil etilgan.

Tadbir “Istanbul protokoli” asosida qiynoqlar va boshqa shafqatsiz munosabatlarni sud-tibbiy jihatdan hujjatlashtirish tartibiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda sud-tibbiy ekspertlar va jazoni ijro etish tizimi tibbiyot xodimlari ishtirok etmoqda.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Powered by GSpeech