XXR delegatsiyasi “Xitoy — Markaziy Osiyo — 2026” forumida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi
12-may kuni Toshkent shahriga Xitoyning Inson huquqlarini rivojlantirish jamg‘armasi vitse-prezidenti va Bosh kotibi Li Xunkuy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Ushbu tashrifdan maqsad poytaxtimizda o‘tkaziladigan “Xitoy — Markaziy Osiyo — 2026” inson huquqlarini rivojlantirish forumida ishtirok etishdir. Forum 2026-yil 14-mayga rejalashtirilgan.
Bo‘lajak forum inson huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilish hamda XXR va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Xorijiy delegatsiya a’zolarini Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari kutib oldi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Ўзбекча
English
Русский