2026-yil 19-21-iyul kunlari Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining 27-sessiyasi onlayn formatda bo‘lib o‘tmoqda. Majlisda Komissiya a’zolari, IHT Bosh kotibiyati vakillari va ekspertlar ishtirok etmoqda.
IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining 27-sessiyasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari, IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi a’zosi professor Mirzatillo Tillaboyev onlayn tarzda ishtirok etmoqda.
Majlis Qur’on oyatlari tilovati bilan boshlandi va shundan so‘ng IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi ijrochi direktori Hadi Ali Alyamiy hamda Komissiya raisi Saido Do‘g‘on G‘uida majlis ishtirokchilariga murojaat etdi. Shuningdek, majlisda Yaman davlatining inson huquqlari bo‘yicha vaziri Mashdal Muhammad Umar Ahmad hamda Suriyaning ijtimoiy ishlar va mehnat vaziri Hind Abud Qabavat nutq so‘zladi.
Yig‘ilish kun tartibiga Islom hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlarida inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishga doir qator masalalar kiritilgan. Shu bilan birga dunyoda ayollar va bolalar huquqlari, rivojlanish huquqi, inson huquqlari sohasida ta’limni ta’minlash, muayyan davlatlarda harbiy mojarolar paytida inson huquqlarini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
