Toşkent şahrida Germaniya Federativ Respublikasi hukumati moliyaviy kömagida hamda Germaniya Fizika-texnika instituti (PTB) hamkorligida «Markaziy Osiyoda savdoni kengaytiriş uçun sifat infratuzilmasini mustahkamlaş» loyihasi doirasida xalqaro seminar bölib ötmoqda.
5–6-noyabr kunlari ötkazilayotgan seminarda Germaniya PTB instituti, Özbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarining metrologiya, standartlaştiriş va akkreditatsiya sohalari vakillari iştirok etmoqda. Tadbirda avvalgi loyiha natijalari sarhisob qilinib, 2029-yilgaça amalga oşiriladigan yangi bosqiç vazifalari va umumiy yöl xaritasi muhokama qilinmoqda.
Avvalgi loyiha doirasida «Metrologiya töğrisida»gi Qonunni takomillaştirişga texnik kömak körsatildi, Özbekiston milliy metrologiya institutining 10 ta kalibrlaş laboratoriyasi akkreditatsiyadan ötkazildi. Şuningdek, 30 nafardan ortiq mutaxassis xorijiy yetakçi institutlarda malaka oşirdi.
Umumiy qiymati 2 million yevro bölgan yangi loyiha 2029-yil sentyabrgaça davom etadi. Uning asosiy yönalişlari — texnik salohiyatni mustahkamlaş, bilim va tajriba almaşiş, raqamli yeçimlarni rivojlantiriş hamda eksport imkoniyatlarini kengaytiriş.
Taşabbus Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida sifat infratuzilmasini rivojlantiriş, xalqaro savdodagi texnik tösiqlarni kamaytiriş va özaro savdo aloqalarini kengaytirişga qaratilgan.
Rasmiy xabarlar
