31 yanvar kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan irolligi Favqulodda va muxtor elchisi Tim Torlou bilan uchrashdi.
Tim Torlou uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirdi va Markaz bilan elchixona o'rtasidagi ko'p yillik hamkorlik aloqalaridan mamnunligini qayd etdi. Inson huquqlari Buyuk Britaniya uchun ustuvor ahamiyatga egaligini ta'kidlar ekan, elchi O'zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida ilgari surilgan tashabbuslarni, xususan, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi qabul qilinishini qutladi.
Muloqot davomida, shuningdek Inson huquqlari bo'yicha Samarqand forumini o'tkazish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, inson huquqlari sohasida ta'limni rivojlantirish, xususan, inson huquqlari mavzularida qo'shma seminar, trening va konferentsiyalar tashkil etish borasida Buyuk Britaniyaning tegishli institutlari bilan aloqalarni chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan o'zaro fikr almashildi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 02.02.2020
- Ko'rishlar: 4719
- Chop etish