Buyuk Britaniyadagi O'zbekiston talabalari ittifoqi faoliyati tahliliy ko'rib chiqildi

LONDON, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Yurtimiz elchixonasida Buyuk Britaniyadagi O'zbekiston talabalari ittifoqi (UZSU) mas'ullari bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Buyuk Britaniyada ta'lim olayotgan O'zbekiston fuqarolari va "El-yurt umidi" fondi stependiatlari ishtirok etdi.

Muloqot chog'ida yosh vatandoshlarimizning ijodiy, intellektual va professional salohiyatini ro'yobga chiqarish hamda ularning O'zbekiston bilan aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi va UZSU faoliyati tahlil qilindi.

Ta'kidlanishicha, UZSU o'ttgan vaqt davomida "Markaziy Osiyo yoshlari alyansi birinchi sammitini Londondagi "King's College" universitetida tashkil qildi. Germaniya va Italiyada o'z filiallari faoliyatini yo'lga qo'ydi.

Bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida, vatandosh talabalar birlashmasi bilan hamkorlikni mustahkamlash va Buyuk Britaniyada O'zbekiston manfaatlarini birga ilgari surish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Powered by GSpeech