Nigeriyada bola o‘g‘irligi avj oldimi?

Nigeriya hukumati mamlakat markazidagi shtatlardan birida joylashgan katolik internat maktabidan o‘g‘irlab ketilgan 130 nafar o‘quvchi va xodim muvaffaqiyatli ozod etilganini ma’lum qildi.

“BBC” nashri yozishicha, joriy yilning 21 noyabr kuni Papiri hududidagi Avliyo Mariya katolik maktabidan 250 dan ortiq bola va xodim o‘g‘irlab ketilgan edi. Avvalroq, taxminan 100 nafar bola ozod qilingan, endilikda esa asirlikda birorta o‘quvchi qolmagan. Prezident matbuot kotibi Bayo Onanuga jami 230 nafar yoshlar ozodlikda ekanini tasdiqladi.

Ushbu jinoyat Shimoliy va Markaziy Nigeriyada maktablar hamda diniy maskanlarga qaratilgan hujumlar ko‘payib borayotgan bir paytda yuz berdi. Tahlilchilarga ko‘ra, bunday o‘g‘irlashlar asosan tovon puli talab qiluvchi jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Rasmiy hukumat maktablar xavfsizligini kuchaytirish va bolalar uchun ta’lim muhitini himoyalash choralarini davom ettirishini bildirgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Powered by GSpeech