O‘mon nashri: Konstitutsiya – erkinlik va tenglikning mustahkam kafolati
O‘mon Sultonligining “Asdaaoman” nashri mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni keng nishonlanayotganini yozib chiqdi. Maqolada bu yilgi tadbirlar “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh g‘oya asosida o‘tkazilayotgani ta’kidlangan.
Muallifning qayd etishicha, Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida izchil davom etayotgan strategik islohotlarning huquqiy asosini mustahkamlash va bu borada samarali natijalarga erishishda yangilangan bosh Qomusimizning o‘rni va ahamiyati beqiyos.
Ta’kidlash joiz, diyorimizda barcha islohotlar “Inson qadri uchun” degan tamoyil asosida amalga oshirilmoqda. Bu so‘zlar shunchaki shior emas, balki Asosiy Qonunda o‘z ifodasini topgan, kundalik hayotimizda namoyon bo‘layotgan haqiqatdir. Ma’lumki, so‘nggi yillarda o‘lkamizda fuqarolarning haq-huquqini himoya qilish, ularni munosib ish o‘rni bilan ta’minlash, daromadini oshirish, turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirildi.
Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar har bir inson, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratish va imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
– “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” g‘oyasining asosiy maqsadi – ijtimoiy adolat va birdamlik tamoyillarini amalga oshirish, shuningdek, har bir fuqaroga munosib turmush sharoitini yaratishdir. Bu yo‘lda davlat ijtimoiy notekislikni kamaytirish va ehtiyojmand qatlamlarni samarali qo‘llab-quvvatlashga intilmoqda hamda bu borada ijobiy natijalarga erishmoqda, -deyiladi maqola yakunida.
M.Pirmatova, O‘zA
Ўзбекча
English
Русский