O‘zbekiston jahon matbuoti sahifalarida
So‘nggi yillarda xalqaro ommaviy axborot vositalari Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi faolligi, investitsiyaviy muhit va turizm sohasidagi ijobiy o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratmoqda.
Xususan, “Euronews”ning “O‘zbekiston 12 million sayyohni qabul qilishni rejalashtirmoqda” nomli maqolasida 2025-yilda mamlakatimizga 11,7 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgani, joriy yilda esa bu ko‘rsatkichni 12 millionga yetkazish maqsad qilingani qayd etilgan.
Nashr shuningdek, o‘lkamizda turizm sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamli xizmatlar va vizaviy yengilliklar joriy etilayotganini alohida urg‘ulagan. Qolaversa, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar xalqaro turistik markaz sifatida nufuzini mustahkamlayotgani ta’kidlangan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA
Ўзбекча
English
Русский