Oʻzbekistonda jami koʻzi ojizlar soni maʼlum boʻldi

2025-yil 1-noyabr holatiga respublika boʻyicha jami koʻzi ojiz nogironligi boʻlgan shaxslar soni 25 558 nafarni tashkil qiladi.

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligi koʻrishida nuqsoni boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, ularning mustaqil yashashi, taʼlim olishi, mehnat faoliyatida ishtirok etishi va ijtimoiy hayotga toʻlaqonli qoʻshilishini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, 340 ta ijtimoiy, aholiga xizmat koʻrsatish va tijorat obyektlarida toʻsiqsiz muhit yaratilib, taktil qoplamalar oʻrnatildi.

Barcha hududlarda 18 ta gavjum chorraxalarda hamda qoʻshimcha 753 ta svetoforlar ovozli signal qurilmalari bilan jihozlandi.

Respublika boʻylab koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi 3 171 nafar oʻquvchilar 17 ta maxsus maktablarda tahsil olmoqda.

2025-yilning oʻtgan 10 oyi davomida koʻz boʻyicha jami 7 756 nafar muhtoj shaxslar quyidagi reabilitatsiya vosilalari bilan imtiyozli taʼminlangan:

  • koʻz olmasi protezi (115 ta);
  • koʻzi ojizlar xassasi (4 835 ta);
  • brayl alifbosi (101 ta);
  • brayl alifbosi uchun yozuv moslamasi (111 ta);
  • ovozli tonometr (3 588 ta);
  • ovozli termometr (3 243 ta);
  • ovozli glyukometr (162 ta).

Shuningdek, koʻz boʻyicha nogironligi boʻlgan 13472 nafar fuqaro adaptiv sportning shaxmat, shashka, golbol, 5x5 futbol va boshqa sport turlari bilan shugʻullanib kelishmoqda.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech