Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy ishlar tahlil qilindi
Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining qo‘shma majlisida Oliy Majlis Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari tomonidan rioya etilishi haqidagi maʼruzasi ko‘rib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, fuqarolarning murojaatlari va bolalarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarga oid sud xabarnomalari asosida Bolalar ombudsmani va uning kotibiyati xodimlari 46 ta fuqarolik, jinoyat va maʼmuriy ishlar yuzasidan sudlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan.
Shu bilan birga, 2025-yilda Bolalar ombudsmani nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari hamda boshqa yuridik shaxslar tomonidan 1 934 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 509 tasi ijobiy hal etilgan, 708 tasi bo‘yicha esa huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning 35 ta shaxsiy qabuli tashkil etilgan bo‘lib, ularda jismoniy va yuridik shaxslarning 98 ta murojaati ko‘rib chiqilgan.
Murojaatlar tahlili va monitoringi natijalariga ko‘ra, ayrim davlat organlari tomonidan bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan taʼsir choralari ko‘rilib, Bolalar ombudsmani tomonidan 2 ta ogohlantirish, 3 ta taqdimnoma hamda 18 ta xulosa kiritilgan.
2025-yil davomida bola huquqlari sohasida milliy qonunchilik va xalqaro standartlarni targ‘ib qilish, bola manfaatlari himoyasiga oid 2 239 ta material OAVda eʼlon qilingan.
Muhokama davomida masʼul vazirlik va idora vakillari tomonidan inson huquqlari va bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi islohotlar hamda ularning manfaatlarini taʼminlashga oid fikr va mulohazalar bildirildi.
Muhokama yakunida qo‘mitalarning qo‘shma qarori qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati
Ўзбекча
English
Русский