Qozog‘istonda bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklanishi mumkin
Qozog‘iston hukumati bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha yangi qonun loyihasini tayyorladi. Tashabbus voyaga yetmaganlarni zararli onlayn kontentdan himoya qilishga qaratilgan.
Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari, madaniyat va axborot vaziri Ayda Balayevaning ma’lum qilishicha, taklif etilayotgan qoidalarga muvofiq, 16 yoshga to‘lmagan bolalarga onlayn platformalarda ro‘yxatdan o‘tish taqiqlanishi rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur qonun loyihasi hozirda ekspertizadan o‘tkazilgan va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Ushbu cheklovlarni samarali joriy etish uchun mamlakat Ta’lim vazirligi hamda Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda foydalanuvchilar yoshini aniqlash mexanizmlari ishlab chiqiladi. Qoidalar buzilgan taqdirda javobgarlik choralarini belgilash ham ko‘zda tutilgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA
Ўзбекча
English
Русский