Muloqot chog‘ida mintaqamiz uchun g‘oyat muhim bo‘lgan masalalar: cho‘llanish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, havo sifati monitoringi, biologik xilma-xillikni asrash hamda resurslardan oqilona foydalanish mavzularini muhokama qilindi.

“UNEP va GEF rahbariyatiga mamlakatimizdagi “yashil” islohotlarni qo‘llab-quvvatlayotgani hamda amaliy ekologik yechimlarni ilgari surishga qo‘shayotgan hissalari uchun chuqur minnatdorlik bildirib, jamg‘armaning Samarqanddagi tarixiy Assambleyasi muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan tabriklayman”, dedi Saida Mirziyoyeva.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati