"The European Circle": Samarqand qadimdan ilm-fan rivojlangan sivilizatsiya markazi bo'lgan

BERLIN, 10-noyabr. /"Dunyo" AA/. Germaniyaning mashhur "The European Circle" nashrida "Samarqanddagi YUNESKO Bosh konferensiyasida O'zbekistonning ta'lim va sun'iy intellekt bo'yicha tashabbuslari taqdim etildi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada ta'kidlanishicha, O'zbekiston YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasida ta'limni modernizatsiya qilish, sun'iy intellekt sohasini rivojlantirish, media-savodxonlikni mustahkamlash, madaniy merosni himoya qilish, jamiyatda ayollarning yetakchilik rolini oshirish kabi tashabbuslarni ilgari surdi.

Ushbu tashabbuslarni hayotga joriy etish bo'yicha O'zbekiston tomonidan bildirilgan takliflarni ham xalqaro ekspertlar alohida e'tirof etishdi. Jumladan, inklyuziv ta'limni rivojlantirish platformasini joriy etish, O'zbekistonda YUNESKO ishtirokida "Sun'iy intellekt maktabi" namunaviy loyihasini amalga oshirish, sun'iy intellekt etikasi bo'yicha xalqaro ekspertlar anjumanini o'tkazish, xotin-qizlar yetakchiligi bo'yicha YUNESKO akademiyasini tashkil etish hamda ishonchli "yashil" dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan shaharlarni e'tirof etish uchun "YUNESKOning ekologik poytaxti"ni tashkil etish takliflari ko'pchilikla katta qiziqish uyg'otdi.

Shuningdek, nemis matbuotida ushbu nufuzli konferensiya haqida davlat rahbarlari va xalqaro ekspertlarning fikr-mulohazalari keltirilgan. Xususan, YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bu onlarni "Tarixiy" deb atab, adabiyotlarda dunyoning eng yorqin madaniy markazlaridan biri sifatida ta'riflanadigan Samarqand ta'lim, madaniy meros, fan va axborot sohalari bo'yicha muloqot o'tkazish uchun munosib maskan ekanini ta'kidlagan.

"Mazkur tadbirning Samarqand shahrida o'tkazilishi ramziy ma'no kasb etadi. Chunki bu zamin qadimdan ilm-fan rivojlangan sivilizatsiya markazi bo'lgan. Bunga misol qilib, Kopernik va Kepler kashfiyotlariga asos bo'lgan, mashhur yulduzlar jadvali yaratilgan Mirzo Ulug'bek rasadxonasini olish mumkin", – deb yozadi "The European Circle" nashri.

Powered by GSpeech