Yangi uylarga kamera va domofon o‘rnatish majburiy bo‘ladi
Prezident Sh.Mirziyoyevning “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2026-yil 1-maydan boshlab yangi qurilayotgan ko‘p kvartirali uylar loyihalarida har bir kirish yo‘lak (podyezd), lift va tutash hududga videokuzatuv kameralari hamda kirish eshiklariga domofon komplekslari o‘rnatish majburiy etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali
Ўзбекча
English
Русский